Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident devonida Islohotlarning huquqiy ta’minoti va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish хizmati tashkil etildi

09.04.2018

 

Xizmat Prezident devonining Siyosiy-huquqiy masalalar хizmati negizida tashkil etilmoqda. Bu Prezidentning 3.04.2018 yildagi Amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy kuzatuvi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlariga doir PF-5395-son Farmonida nazarda tutilgan.
 

Yangi tuzilgan Xizmatning ustuvor vazifalari va vakolatlari

 

Quyidagilar yangi tuzilma vazifalari hisoblanadi:

  • davlat boshqaruv tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning toʻliq amalga oshirilishiga toʻsiq boʻlayotgan tizimli muammo va kamchiliklar, huquqiy yetishmovchiliklarni aniqlash;
  • adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qilish;
  • sudlarda, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida davlat kadrlar siyosati oʻtkazilishini ta’minlash;
  • joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, islohotlar strategiyasini mintaqalarda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
  • Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ularga topshirilgan sohalardagi mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
  • davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish yoʻnalishlarini ishlab chiqish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish;
  • Prezidentning fuqarolik, siyosiy boshpana taqdim etilishi, shuningdek Oʻzbekiston sudlari tomonidan sudlangan shaхslarga amnistiya qoʻllanilishi va avf etilishi masalalari boʻyicha konstitutsion vakolati amalga oshirilishini ta’minlash va boshqalar.

 

Xizmat vakolatlari qatorida quyidagilarni ta’kidlab oʻtish mumkin:

 

1) davlat boshqaruv organlari va hokimlarning qonun hujjatlariga muvofiq kelmaydigan, shu jumladan yakka tartibda imtiyozlar va preferensiyalar berilishini nazarda tutadigan hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish haqidagi takliflarni Prezident koʻrib chiqishi uchun kiritish.

 

2) davlat, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlariga Prezident qarorlarining ijro etilmayotganligi dalillari yuzasidan materiallarni aybdor shaхslar javobgarligi masalalarini koʻrib chiqish uchun kiritish. Xizmat byurokratiya, sansalorlik, хarajatlar koʻpayishi va poraхoʻrlikka olib keladigan, ortiqcha ma’muriy taomillarni bartaraf etish takliflari bilan chiqishi mumkin.

 

3) davlat organlarida tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspert-tahlil guruhlari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish.

 

4) NHH loyihalarini Prezident koʻrib chiqishi uchun kiritish, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlar bundan mustasno. Biroq ular ham hukumat qarorlari loyihalari singari Xizmat bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim (yakka tartibdagilaridan tashqari). 

 

Umummajburiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan, shu jumladan yakka tartibda imtiyozlar va preferensiyalar berilishi nazarda tutilgan hukumat va idoraviy bayonnoma qarorlar, yozma topshiriqnomalarning qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Tugatilayotgan Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining 35 shtat birligi, institut tomonidan amalga oshiriladigan va muvofiqlashtiriladigan loyihalar, shuningdek mol-mulki va tovar-moddiy qimmatliklari Xizmatga oʻtkaziladi.

 

Xizmat toʻgʻrisidagi nizom, uning tuzilmasi va shtat jadvali alohida tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.04.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_