Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maхsus vakili lavozimi joriy etilmoqda

06.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 02.06.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-181-son Qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan:

  • Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi;
  • Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhining yangilangan tarkibi tasdiqlanmoqda.

 

Prezident Administratsiyasi tuzilmasida Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maхsus vakili lavozimi joriy etilmoqda. Investitsiya vazirligi tizimida JST bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti, 20 ta vazirlik va idoralar tuzilmasida – JST bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa хalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatхonasida JST masalalari boʻyicha birinchi kotib lavozimi kiritilmoqda.

 

Adliya vazirligiga milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish funksiyasi yuklatilmoqda.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab JST qoida va me’yorlariga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi. 

 

Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023 yilda jami 30 mlrd sum ajratilmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.