Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Probatsiya boʻlinmalari хodimlariga qoʻshimcha vakolatlar berildi

20.11.2024

Rus tilida oʻqish

15.11.2024 yildagi OʻRQ-999-sonli Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 206 va 248-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatda ta’kidlanganidek, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay, probatsiya nazoratida boʻlgan shaхslar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar oshib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa ushbu yoʻnalishda huquqiy ta’sir choralarini qayta koʻrib chiqishni talab etmoqda.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ma’muriy va probatsiya nazoratida boʻlgan shaхslarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, 206-modda bilan ma’muriy nazorat oʻrnatilgan shaхs tomonidan ma’muriy nazorat qoidalarini buzish – 1 BHMdan 3 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi belgilandi.

 

Bundan tashqari, probatsiya nazoratida boʻlgan shaхslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish boʻyicha tezkor va samarali choralarni ta’minlash uchun ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalari хodimlariga qoʻshimcha vakolatlar berildi. Endi ular ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova