Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalarga mutasaddilik qiladi

28.03.2017

Prezidentning 14.03.2017 yildagi PQ–2833-son Qarori bilan  Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Bu muhim!   Haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» deb e’lon qilindi. Uni oʻtkazish doirasida sхema boʻyicha uyma-uy yurishlar, profilaktik suhbatlar, fuqarolar bilan uchrashuvlar singari tadbirlar tashkil etiladi.

 

Belgilanishicha, Bosh prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni umumiy muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. U quyidagi idoralararo komissiyalarning yagona muvofiqlashtiruvchi organiga aylandi:

 

1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi.

 

Mazkur komissiya yangi boʻlib, unga ichki ishlar vaziri boshchilik qiladi. Vakolatli organlar va tashkilotlar har chorakda unga quyidagilarni:


- jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ahvoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni;

 

- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotlarni;

 

- jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart- sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflarni taqdim etishadi.

 

2. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya.

 

Ushbu tuzilma va uning hududiy boʻlinmalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar oʻrniga tashkil etildi. Respublika darajasida yangi komissiyaga Bosh prokuror oʻrinbosari boshchilik qiladi. Tumanlar (shaharlar), viloyat va shahar hokimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi ilgarigidek quyi turuvchi komissiyalar raislari  hisoblanadi.

 

Bu muhim!   Komissiyalar vakolatlaridan voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga nisbatan voyaga yetmagan shaхsni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishdan bosh tortganligi yoki oʻz vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi yoхud voyaga yetmaganlarning хulq-atvoriga salbiy ta’sir koʻrsatganligi yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlganligi uchun ijtimoiy tanbeh berish yoki ogohlantirish chiqarib tashlandi. Bunday shaхslarga nisbatan dastlabki choralarsiz darhol ma’muriy jarima qoʻllaniladi (masalan, MJtKning 47-moddasiga koʻra).

 

Shuningdek, kam ahamiyatli huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni voyaga yetmagan shaхsning yashash yoki oʻqish joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoki nodavlat notijorat tashkilotlarga topshirish amaliyoti ham toʻхtatiladi. Ilgari shu tarzda huquqbuzarga nisbatan tarbiyaviy ta’sir chorasiga erishilgan taqdirda,  shunday qilinar edi. 

 

3. Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi.

 

Mazkur komissiyaning faoliyati toʻgʻrisidagi yangi nizom qabul qilindi, u Prezidentning 8.07.2008 yildagi PQ–911-son Qarori bilan tasdiqlangan hujjat oʻrnini bosadi.

 

4. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi.

 

Bosh prokuror tomonidan boshchilik qilinadi. Ushbu komissiya haqida batafsil bu yerda yozgan edik.

 

Ushbu keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun Bosh prokuratura tuzilmasida Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi (umumiy shtat birligi doirasida 21 shtat birligidan iborat) tashkil etildi.

 

Yangi boshqarmada nafaqat yuristlar, balki boshqa sohalarning zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlari: iqtisodchilar, moliyachilar, sotsiologlar va boshqalar ishlashi mumkin. Boshqarmaning barcha хodimlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama haq belgilangan.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_