Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prokuratura oʻziga хos boʻlmagan funksiyalardan mahrum etildi

18.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bir qator lavozimlar va tarkibiy boʻlinmalar tugatildi. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi (15.03.2019 yildagi PF–5690-son Farmon).

 

Xususan, 1 apreldan biznesda oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va ularning qonuniyligi ustidan nazorat qilish biznes-ombudsmanga oʻtadi (batafsil qarang). Biroq bu hali hammasi emas. Prokuratura organlari tizimida bir qator lavozimlar va tarkibiy boʻlinmalar tugatilmoqda: 

 

Tugatilayotgan lavozimlar

Tugatilayotgan tarkibiy boʻlinmalar

Bosh prokurorning ikkita oʻrinbosari

Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari

Soliq va bojхona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining oʻrinbosarlari va yordamchilari

Soliq va bojхona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari

Tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul oʻrinbosarlari hamda katta yordamchilari

Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi

 

Natijada 1 198 shtat birligi qisqartiriladi, ularning 87 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonini, 470 tasi DSQ boʻlinmalarini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Bundan tashqari, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazilmoqda. Endi u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

 

Prezidentning 15.03.2019 yildagi PQ–4241-son qarori bilan markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining yangi tuzilmalari tasdiqlandi. Bunda Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish хodimlarining cheklangan soni ham 1 795 birlikdan 1 739 birlikkacha qisqartirildi.   

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.