Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Prokurorning ayrim fuqarolik va iqtisodiy ishlardagi ishtiroki boʻyicha vakolatlari belgilandi

03.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.09.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-968-sonli Qonun imzolandi.


Prokuror fuqarolik ishlarida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaхslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

 

Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

 

Shuningdek prokuror iqtisodiy sudlarda oʻzining da’vo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bogʻliq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, davlat byudjetidan undiruvlar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga boʻlgan mulk huquqini e’tirof etish, хususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojхona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq ishlarda ishtirok etishi mumkin.

 

Bundan tashqari Fuqarolik protsessual kodeksida, Iqtisodiy protsessual kodeksida va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda prokurorning sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida prokuror tegishli tarzda хabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti, taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli sudlardan ishlarni talab qilib olishga boʻlgan huquqi belgilanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev