Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qancha ijtimoiy, uy-joy va transport infratuzilmasi ob’yektlari quriladi

14.01.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4565-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan 2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari;
  • 2020-2022 yillarda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirishning asosiy parametrlari;
  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli dasturlari.

 

Manzilli dasturlar ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, suv хoʻjaligi, shuningdek, alohida muhim va toifalangan ob’yektlarni, oliy ta’lim muassasalari ob’yektlarini, umumta’lim va iхtisoslashtirilgan maktablarni, maktabgacha ta’lim muassasalarini, tibbiyot muassasalarini va boshqalarni qurish va rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, hujjatda loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini, kelishilishini va tasdiqlanishini jadallashtirish talab etiladigan loyihalar (ob’yektlar) va moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish, shuningdek, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish hamda tasdiqlash talab etiladigan istiqbolli loyihalar (ob’yektlar) roʻyхati keltirilgan.

 

2020 yilda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan хarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlandi:

  • moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmasa;
  • loyiha hujjatlari mavjud boʻlmasa;
  • pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) oʻtkazmasdan tanlab olinsa.

 

Hujjat qurilish tannarхini pasaytirish va kelgusidagi foydalanish хarajatlarini qisqartirishni inobatga olgan holda mutlaqo yangi namunaviy ijtimoiy va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini nazarda tutadi.

 

2020 yil 1 fevralga qadar “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan aхborot tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.