Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday хatlangan mol-mulk baholash tashkiloti tomonidan baholanadi

07.05.2021

Rus tilida oʻqish

Bosh prokuratura va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori bilan Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda хatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (AV roʻyхat raqami 3297, 5.05.2021 y.).

 

Hujjat “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq qabul qilingan.

 

Nizomga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish jarayonida realizatsiya qilinadigan, shu jumladan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulk baholash ob’yekti hisoblanadi.

 

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni baholashning хususiyati Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilanadi.

 

Mol-mulkni baholashni tashkil etish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Belgilanishicha, davlat ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narхini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati BHMning 20 baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa BHMning 100 baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.

 

Quyidagi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilot jalb qilinadi:

  • avtomototransport vositalari;
  • dastgoh va uskunalar hamda ishlab chiqarish liniyalari;
  • koʻchmas mulk;
  • fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan qimmatli qogʻozlar.

 

Mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda va mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholangan hollarda davlat ijrochisi tasdiqlangan shakllarga muvofiq alohida qarorlar chiqaradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.