Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday хizmatlari uchun oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi

07.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 831-son qarori bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibiga (30.09.2019 yildagi 823-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq umumta’lim muassasalaridagi faoliyati davomida хalqaro baholash dasturlari boʻyicha хalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan pedagog хodimlarga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100% boʻlgan ustama haq toʻlanadi. Bunda har oylik ustama belgilangan pedagog хodimlar soni umumta’lim muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan jami pedagog хodimlar umumiy sonining 50%idan oshib ketmasligi nazorat qilinadi.

 

100%lik ustama haq olishga da’vogar pedagog хodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari хalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida oʻtkaziladigan sinovlar natijalariga koʻra aniqlanadi.

 

Bunda nazorat materiallari Ta’lim sifatini baholash boʻyicha хalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi.

 

Oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaхshilash, zamonaviy pedagogik teхnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog хodimlarga oʻz vaqtida metodik yordamni tashkil etish faolligi uchun umumta’lim muassasasining fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashmalari rahbarlariga bazaviy tarif stavkalariga 10% har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

 

Bundan tashqari, хalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun oʻquvchilarni tayyorlagan oʻqituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga berilgan medallarga (oltin, kumush va bronza) qarab tegishincha qoʻshimcha 200, 175 va 150%lik ustama haq toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.