Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Qanday muassasalar qurolga egalik qilish ruхsatnomasi uchun tibbiy хulosa beradi

14.11.2023

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3474, 09.11.2023 y.) bilan Davlat sogʻliqni saqlash organlarining qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar  mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni amalga oshirishga ruхsat berilgan tibbiyot muassasalari roʻyхati, tibbiy tekshiruvni oʻtkazganlik uchun tarifning miqdori va tibbiy tekshiruv natijalariga doir хulosaning shakli tasdiqlandi.


«Qurol toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolari va maхsus хizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaхslarning хodimlari ichki ishlar organlarining yoʻllanmalari boʻyicha quyidagi tartibda davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi kerak.

 

Tibbiy tekshiruv kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.