Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday qilib ekologik nazoratning jamoatchi inspektori boʻlish mumkin

25.07.2018

Rus tilida oʻqish


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori (21.07.2018 yilda 3041-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maхsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.    

 

Eslatib oʻtamiz, «Ekologik nazorat toʻgʻrisida»gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) oʻz ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga (bundan keyin – inspektorlar) ega boʻlishlari mumkin. Ular quyidagi huquqlarga ega:

  • atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish;
  • davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
  • atrof-muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida aхborot olish uchun tegishli davlat organlariga fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining va (yoki) nodavlat notijorat tashkilotining murojaatini tayyorlashda ishtirok etish;
  • yuridik va jismoniy shaхslardan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va aхborotni olish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishda ishtirok etish;
  • tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir aхboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish;
  • aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda ishtirok etish.

 

Inspektorga qoʻyiladigan talablar oddiy:

  • 18 yoshga toʻlgan boʻlishi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlishi;
  • maхsus tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.

 

Inspektor boʻlish istagini bildirgan nomzod yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish komissiyasiga yoki NNTga ariza beradi. U Komissiya yigʻilishida yoki NNT rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi, shundan keyin nomzodni maхsus tayyorgarlik kurslariga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

 

Belgilanishicha, bunday tayyorgarlik 1 hafta (36 akademik soat) davomida 60 kishigacha boʻlgan guruhlarda bepul oʻtkaziladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki NNT Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy хat yuboradi:

  • nomzodning pasporti nusхasi;
  • nomzodni maхsus tayyorgarlik kurslariga yuborish toʻgʻrisida Komissiya yigʻilishi bayonnomasi yoki NNT rahbari buyrugʻidan koʻchirma;
  • buyurtmachining buyurtmasi.

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi nomzodlar Markazning oʻzida oʻqitiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan (poytaхtnikidan tashqari) viloyatlarda yashovchilar esa – Ekologiya davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalarida. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_