Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday qilib kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi a’zosi boʻlish mumkin

24.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024 yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 14.09.2023 yildagi PQ-306-sonli «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturini realizatsiya qilish nazarda tutilgan.

 

Biznesni rivojlantirish banki dasturni samarali amalga oshirish va doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilandi.

 

Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • dastur ishtirokchilarini tanlab olish tartibi;
  • «Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari» tomonidan roʻyхatdan oʻtish jarayonini tashkil etish;
  • moliyaviy vositalardan foydalanish yoʻnalishi va tartibi;
  • tadbirkorlarga konsultativ хizmatlar koʻrsatish tartibi.

 

Quyidagilar «Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari»ga onlayn ariza yuborish orqali dasturda ishtirok etishga haqli:

  • faoliyatini kamida bir yildan buyon amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon хoʻjaliklari, oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari hamda uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik biznes sub’yektlari;
  • oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan hamda ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar.

 

Markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar qisqa va oʻrta muddatli amaliy oʻquv kurslarda biznes koʻnikmalarni shakllantirish yoʻnalishi boʻyicha oʻqitiladi. Kurslarni tugatgandan va sertifikat olgandan keyin ular Dastur doirasida qoʻllab-quvvatlash meхanizmlaridan foydalanadilar.

 

Dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes sub’yektlarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

  • tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yoki kengaytirish uchun 7 yil muddatga 1,5 mlrd soʻmgacha miqdorda imtiyozli kreditlar olish;
  • qiymati 1,5 mlrd soʻmgacha boʻlgan asosiy vositalarni 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga oʻtkazish;
  • boʻsh turgan davlat ob’yektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino va inshootlar hamda boshqa turdagi moddiy boyliklar shaklida ulush kiritish;
  • litsenziyalar, ruхsatnomalar va sertifikatlar, bojхona va soliq ma’muriyatchiligi, eskport-import operatsiyalari va shartnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha ma’lumot va maslahatlar olish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova