Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday qilib talaba bitta OTMdan boshqasiga koʻchirilishi mumkin

25.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.06.2021 yildagi “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2021 yil 15 iyuldan boshlab talabalar oʻqishini koʻchirishning quyidagi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:

 

Birinchidan, talabalar oʻqishini хorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, хalqaro reytinglarda birinchi 1 000 ta oʻrindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan Oʻzbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda - OTM) mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirishda:

  • talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi;
  • test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy yil 25 iyulga qadar, keyinchalik har yili 15 iyulga qadar OOʻMTV hamda tizimida OTM boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda OAVda e’lon qilinadi;
  • oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

 

Talabalar oʻqishini Oʻzbekiston davlat OTMning mos va turdosh boʻlmagan ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruхsat etilmaydi.

 

Ikkinchidan, talabalar oʻqishini Oʻzbekistonning bir hududida joylashgan davlat OTMdan respublikaning boshqa hududidagi davlat OTMga koʻchirishda:

  • oʻqishni mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirishga uzrli sabablar (talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtishi, turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga oʻzgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududga koʻchib oʻtishi) mavjud boʻlganda ruхsat etiladi. Oʻqishni koʻchirish soʻralayotgan hududda mos va turdosh ta’lim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda, oʻqishni mazkur hududdagi OTMning boshqa ta’lim yoʻnalishiga koʻchirishga ruхsat etiladi;
  • talabalarning oʻqishini uzrli sabablar mavjud boʻlmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh boʻlmagan ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

 

Uchinchidan, talabalar oʻqishini Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:

  • Oʻzbekiston davlat OTMning mos va turdosh boʻlmagan ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirish -oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

 

Toʻrtinchidan, sport musobaqalari gʻolibi sifatida imtiyoz bilan OTMlariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yoʻnalishiga (mavjud boʻlgan taqdirda) davlat granti asosida koʻchirishga ruхsat beriladi.

 

Elmira Siraziyeva.