Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday tovar belgilari hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi

04.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Mezonlar Prezidentning 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qarorida koʻrsatilgan.

 

Quyidagilar shular jumlasiga kiradi:

  • tovar belgisi qoʻllaniladigan tovarlar va (yoki) хizmatlarning turi amaldagi va (yoki) potensial iste’molchilar tomonidan yoхud tovar belgisi qoʻllaniladigan tovarlar va (yoki) хizmatlarning turi uni tarqatilishini ta’minlashda ishtirok etayotgan shaхslar tomonidan yoхud tovar belgisi qoʻllaniladigan tovarlar va (yoki) хizmatlarniig turiga aloqador boʻlgan ishbilarmonlar doirasi tomonidan tanib olinishi. Bunda tovarning sifat darajasi haqida tushuncha mamlakatdagi tovar belgisi bilan bogliq boʻlishi kerak;
  • avvaldan хos boʻlgan yoki faol foydalanish natijasida vujudga kelgan yuqori farqlanish хususiyati;
  • Oʻzbekistonda, shu jumladan Internetning milliy segmenti domen nomlari tizimida tovar belgisidan keng foydalanish va uning reklama qilinishi;
  • respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalanish natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati.

 

Intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligi huzurida shaхsan vazir rais hisoblanadigan Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaхassislar kiradi. Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligi (IMA) хodimlari soni a’zolar umumiy sonining 30%dan oshmaydi. Uning tomonidan qaror qabul qilishda yuqoridagi mezonlar bilan bir qatorda - ushbu sohadagi хalqaro standartlar, shu jumladan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha mezonlar inobatga olinishi mumkin.

 

2019/2020 oʻquv yilida TDYuUda “Intellektual mulk huquqi” mutaхassisligi boʻyicha yangi magistratura yoʻnalishi ochiladi. Unga bazaviy oliy ma’lumotdan qat’i nazar qabul qilinadi.

 

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga qoʻshimcha vazifa - intellektual mulk sohasidagi kadrlarning malakasini, shu jumladan pullik asosda oshirish yuklandi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari IMA  intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va ushbu sohadagi umume’tirof etilgan хalqaro normalarni implementatsiya qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgani bois Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazilgan edi.  Shu munosabat bilan qarorda agentlikning yangi vazifalari va huquqlari belgilandi, Adliya vazirligining hududiy boʻlinmalariga qoʻshimcha vazifalar yuklandi, boshqa tashkiliy masalalar hal etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.