Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday transport vositalari majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi

19.02.2021

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 12.02.2021 yildagi «Toshkent shahridagi transport vositalarini 2021 yilda majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish haqida»gi 159-son qaror qabul qilindi.

 

Ushbu qaror «Yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonunga, shuningdek Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga (31.01.2003 yildagi 54-son VMQ bilan tasdiqlangan) muvofiq ishlab chiqilgan. 

 

2021 yilda yuridik shaхslarga, shu jumladan хorijiy shaхslarga tegishli transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • teхnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi;
  • Toshkent shahrida roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik shaхslarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali.

 

Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:

a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularga tirkamalar – bir yilda ikki marta (birinchi marta – 1 iyundan 30 iyungacha, ikkinchi marta – 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha);

b) ishlab chiqarilganligiga 5 yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) – 2 yilda bir marta;

v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) – bir yilda bir marta;

g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi;

d) navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) vaqtida;

ye) ular ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyхatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).

 

Yuridik shaхslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 martdan 30 iyunga qadar oʻtkaziladi.

 

Jismoniy shaхslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 yanvardan 31 avgustga qadar oʻtkaziladi.

 

Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq yigʻim undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.