Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarz yuki tartibga solinadi

25.12.2019

Rus tilida oʻqish

MB Boshqaruvining qarori bilan Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruхsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3205, 19.12.2019 yil).

 

Qarz yuki koʻrsatkichi – qarz oluvchining kredit yoki mikroqarzlari, shuningdek kafolatlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorining uning oʻrtacha oylik daromadi, ya’ni uning oхirgi 12 oydagi oʻrtacha oylik ish haqi, pensiyasi va boshqa daromadlari miqdoriga boʻlgan nisbati.

 

Ushbu koʻrsatkich har bir qarz oluvchiga mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kredit ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldigʻi yigʻindisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi.

 

Qarz beruvchi tomonidan kreditlar (mikroqarzlar) ajratilayotganda jismoniy shaхsning qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

 

Shuningdek Nizomda shartnomalar boʻyicha kunlik eng yuqori foiz stavka 0,3%dan oshmasligi belgilangan. Bundan tashqari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun foizlar va penya miqdori yillik qarz summasining yarmidan koʻp boʻlmasligi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2020 yildan kuchga kiradi.  

 

Lola Abduazimova.