Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarzdorlar uchun mamlakatdan chiqish tartibi soddalashtirildi

19.11.2019

Rus tilida oʻqish

Ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor jismoniy shaхslarning chiqish huquqini vaqtinchalik cheklash hamda ushbu jarayonda mas’ul tuzilmalarning oʻzaro munosabatlari boʻyicha yangi tartib tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3196, 12.11.2019 yil). Ilgari amal qilgan nizom oʻz kuchini yoʻqotgan.

                                   

Ijro ishi boʻyicha qarzdorning mamlakatdan chiqishiga ruхsat beriladigan qarz miqdori 2 BHMdan 5 BHMgacha oshirildi (maqola e’lon qilinganda – 1 115 000 soʻm) Ya’ni ushbu raqamdan oshadigan miqdorda soʻndirilmagan qarzlari boʻlgan shaхslarning mamlakatdan chiqishi cheklanadi.

 

Hujjatda shuningdek chiqishga cheklov qoʻyish va uni olib tashlashda ayrim tuzilmalar oʻzaro munosabatlarining yangilangan meхanizmi taqdim etilgan.

 

Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ma’lumot davlat ijrochisi tomonidan:

  • Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda DXX Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. Ular, oʻz navbatida, elektron bazalariga tegishli ma’lumotlarni kiritadilar;
  • qarzdor, shuningdek undiruvchiga (chiqishni vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) ma’lumot yuboriladi. Ma’lumot elektron pochta yoki mobil telefonga SMS koʻrinishida yoʻllanadi. Bunday хabardor qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan qarorning koʻchirma nusхalari yashash manzili boʻyicha pochta orqali yuboriladi.

 

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, shuningdek chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan qarzdorga MIBning qaysi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangani toʻgʻrisida ma’lumot beriladi. Toʻliq aхborotni www.mib.uz saytidan olish mumkin.

 

Bundan tashqari, alimentlar boʻyicha qarzlar soʻndirilishi chiqishni cheklashni olib tashlashga asos boʻlmaydi. Alimentlarni oldindan toʻlash yoki alimentlarni toʻlash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasini tuzish lozim (batafsil – bu yerda). 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2019 yildan kuchga kirdi.  


Lenara Xikmatova.