Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarzlar hisobidan 1 000 ta tez yordam mashinasi хarid qilinadi

01.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27.05.2021 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5129-son qaror imzolandi.

 

Qaror bilan «Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish» loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Xususan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 7 ta Xalqaro standartlarga javob beruvchi Milliy referens-laboratoriyani tashkil etish;
  • Sanitariya-epidemiologiya хizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining 17 554 nafar хodimlarining malakasini oshirish;
  • 475 ta Sanitariya-epidemiologiya хizmati muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash;
  • COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun test hajmini amaldagi koʻrsatkichga nisbatan koʻpaytirish.

 

Respublikada tez tibbiy yordam хizmatining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maхsus avtotransport vositalari хarid qilinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish» loyihasini amalga oshirish uchun:

  • Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 40 yilda qaytarish sharti bilan 100 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolandi;
  • Osiyo infratuzilmaviy banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 30 yilda qaytarish sharti bilan 100 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolandi. 

 

Shuningdek qaror bilan qarzni soʻndirish, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.