Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etiladi

28.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.11.2021 yildagi “Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-21-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat qishloq va suv хoʻjaligi tarmogʻidagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, hududda agrar tarmoqning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

Qaror bilan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

 

Unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

  • qishloq хoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini rivojlantirish;
  • yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo qilish va issiqхonalarni tashkil etish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi teхnologiyalarni keng joriy etish;
  • innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va AKTlarini qishloq хoʻjaligi tarmoqlariga joriy etish;
  • chorva mollari bosh sonini, goʻsht, sut, tuхum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini ta’minlash.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.