Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Qashqadaryoda turizm – istalgan yoʻnalishda

12.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi (VMning 8.03.2019 yildagi 198-son qarori). Adliya vazirligi shu haqda хabar berdi.

  

Xususan, mintaqada quyidagilar tashkil etiladi:

 

  • etnoturizm yoʻnalishi – Gʻilon va Koʻl qishloqlarida, har birida 5 tadan mehmon uylari quriladi. Shuningdek etnoqishloq – Amir Temur jangchilarining harbiy tayyorgarlik lageriga asos solinadi;

 

  • agroturizm yoʻnalishi – Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida. Ushbu yoʻnalish doirasida «Anor» festivali oʻtkaziladi;

 

  • ekstremal turizm – Tatar, Zarmast va Vari qishloqlarida. Ularning har birida 5 ta mehmon uylari, 5 ta kemping va 10 ta oʻtov quriladi;

 

  • ekologik turizm – Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida;

 

  • astronomik turizm – Kitob kenglik stansiyasi hududida.

 

«Festivallar shahri» brendi ostida MICE-turizm (ingl. Meetings, Incentives, Conferences, Events, ya’ni ishbilarmonlik turizmi – tahr.) yoʻnalishi ochiladi.