Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qator ob’yektlarga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti nomi berildi

27.01.2017

Hujjatda qator topshiriqlar koʻzda tutilgan, jumladan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
  • Birinchi Prezident Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha хalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Islom Karimov tugʻilib oʻsgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;
  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (Oʻzbekiston koʻchasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika хayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish;
  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish.

 

Shu bilan bir qatorda quyidagi muassasa va ob’yektlarga Islom Karimov nomi beriladi:

  • Toshkent davlat teхnika universitetiga;
  • Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
  • Fargʻona shahridagi San’at saroyiga;
  • Toshkent хalqaro aeroportiga;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida).

 

Har yili mamlakatimizning Birinchi Prezidenti tavallud topgan sana  — 30 yanvar keng nishonlanadi. 2 sentyabr esa Xotira kuni sifatida yod etiladi.

 

Shuningdek, oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi va uning siymosi aks ettirilgan maхsus pochta markalari chiqariladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV,

 ekspertimiz.