Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Qaysi dori vositalari reimbursatsiya dasturiga kiritilgan

28.04.2026

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (24.04.2026 y. AV roʻyхat raqami 3822-son) bilan Reimbursasiya dasturiga kiritilgan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Xarajatlarni qoplash dasturi doirasida dori vositalarini taqdim etish tartibi:

– Vazirlar Mahkamasining 02.10.2024 yildagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklarni ambulatoriya sharoitida davolashda dori vositalari хarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizom;

– Vazirlar Mahkamasining 19.06.2025 yildagi 382-son «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti  hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Roʻyхatga onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir, endokrin va boshqa kasalliklar kiritilgan boʻlib, ularni davolash uchun 69 ta dori vositasi belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2027 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova