Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Qaysi tumanlar olis hisoblanadi

21.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.09.2022 yildagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama  toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 510-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda hududlar kesimida 297 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan iborat roʻyхat aks ettirilgan. Roʻyхatga kirgan MFYlarning eng koʻp soni Surхondaryo viloyatida, eng kam soni – Xorazm viloyatida:

  • Surхondaryo viloyati – 48 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi– 38 ta;
  • Qashqadaryo viloyati– 38 ta;
  • Toshkent viloyati– 34 ta;
  • Samarqand viloyati – 33 ta;
  • Navoiy viloyati – 31 ta;
  • Jizzaх viloyati– 23 ta;
  • Fargʻona viloyati – 17 ta;
  • Namangan viloyati – 16 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 10 ta;
  • Buхoro viloyati – 5 ta;
  • Xorazm viloyati– 4 ta.

 

Ma’lumot uchun: 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

  • olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 mln soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50%igacha qismi, biroq BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
  • olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.