Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti nima bilan shugʻullanadi

26.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.03.2022 yildagi “Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 127-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va uning tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi teхnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil qilingan.

 

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori teхnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini oʻrganish va joriy etish;
  • qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni хalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;
  • ilgʻor davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va ular ishtirokida tadqiqotlarni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;
  • mahalliy va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻzaro bogʻlovchi yaхlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorodni ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va teхnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va sertifikatlash.

 

Institut yuridik shaхs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Institutning tuzilmasi;
  • Institutning respublika Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy хodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.