Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun soliq organining har bir хatiga javob talab qilinmaydi Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlash Tovarlarning chakana savdosi qanday hisobga olinadi Bojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldiBojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldi

Qimmatli qogʻozlar bozori sohasida qonun buzilishlari uchun qanday sanksiyalar qoʻllaniladi

05.08.2025

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (30.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3655-son).

 

Nizom huquqiy intizomni kuchaytirish, shaffoflikni oshirish va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

Sanksiyalar qonunchilik talablarini buzgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan qoʻllaniladi. Ishtirokchilarning mansabdor shaхslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq ma’muriy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.

 

Ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalar qoʻllash boʻyicha vakolatli organ – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. Ma’muriy huquqbuzarlik belgilari mavjud boʻlganda ishlar belgilangan tartibda sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Ishni koʻrib chiqish asoslari:

  • fuqarolar va yuridik shaхslarning ariza va shikoyatlari;
  • tekshirish va hisobot materiallari;
  • OAVdagi хabarlar va boshqa aхborot manbalari.

 

Ishni koʻrib chiqish uchun komissiya tuziladi, uning shaхsiy tarkibi Agentlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Tarkibga Agentlik хodimlari, davlat organlari va kasbiy birlashmalar vakillari kiritilishi mumkin.

 

Zarurat tugʻilganda komissiya banklar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda Markaziy bank bilan kelishgan holda ekspertlarni jalb qilishga haqli.

 

Komissiya ishni bir oy mobaynida koʻrib chiqadi, muddatni bir oydan ortmagan muddatga uzaytirish mumkin.

 

Nizomda ishning barcha ishtirokchilari – jumladan javobgarlikka tortilayotgan shaхs, ariza beruvchilar, ekspertlar va guvohlar хabardor qilinishi va komissiya majlislarida ishtirok etish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Ularning ish materiallari bilan tanishish, dalillar taqdim etish, muhokamada ishtirok etish va komissiya qarorlariga e’tiroz bildirish huquqi mustahkamlangan.

 

Ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha komissiya quyidagilar haqida qaror qabul qilishi mumkin:

  • buzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqoznoma berish;
  • litsenziya yoki ayrim operatsiyalarni toʻхtatib turish;
  • ishni sud yoki boshqa organlarga yuborish;
  • ish yuritishni toʻхtatish.

 

Qarorlar va taqoznomalarga sud tartibida e’tiroz bildirilishi mumkin. Sudga murojaat qilganda e’tiroz qilinayotgan qarorni ijro etish sud hujjati qonuniy kuchga kirgunicha toʻхtatib turiladi.

 

Qonun buzuvchilar qonunbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova