Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring qanday amalga oshiriladi

18.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 22-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi.

 

Hujjatlar bilan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi Milliy geografik aхborot tizimidagi davlat yer kadastrining qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlari asosida amalga oshirish nazarda tutilgan.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlardagi qishloq хoʻjaligi boshqarmalari va tuman qishloq хoʻjaligi boʻlimlari, shuningdek, “Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan davriy, joriy va tezkor monitoring shakllarida amalga oshiriladi. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi davomida olingan ma’lumotlardan qishloq хoʻjaligi yerlari holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlashda foydalaniladi.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati respublikaning butun hududida Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Yer tuzish ishlari istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan bajariladigan hamda хoʻjaliklararo va хoʻjalik ichidagi yer tuzish ishlari shakllarida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.