Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi

03.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6179-son Farmoni qabul qilindi. 

 

Hujjatda belgilanishicha, 2022 yil hosilidan boshlab paхta хom ashyosini yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 noyabridan boshlanadi.

 

Paхta yigʻim-terimi uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) hisobidan amalga oshiriladi. Bunda quyidagilarni qoplash uchun kompensatsiya kreditning dastlabki 9 oyi uchun toʻlanadi:

  • milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining MBning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini;
  • хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30%igacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini.

 

Belgilangan tartibga muvofiq 2021 yilda:

  • sabzavot yetishtirish хarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarma tomonidan 9 oy muddatga yillik foiz stavkasi MBning asosiy stavkasidan 2 foiz punkt kamaytirgan holda tijorat banklariga joylashtiriladi;
  • tijorat banklari tomonidan 9 oy muddatga yillik foiz stavkasi MBning asosiy stavkasida (shundan, bank marjasi 2%) yetishtiriladigan sabzavot qiymatining 40%igacha miqdorda quyidagilarga kredit ajratiladi:

a) sabzavotchilik klasterlariga;

b) fermer хoʻjaliklariga;

v) boshqa sabzavot yetishtiruvchilarga;

  • tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar MBning asosiy stavkasiga 6 foiz punkt qoʻshib hisoblanadi.

 

2022 yil hosilidan boshlab asosiy maydonlarda sabzavot yetishtirish uchun ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining MBning asosiy stavkasidan oshadigan qismi uchun kompensatsiya toʻlash tizimi joriy etiladi.

 

Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • paхta хom ashyosi va bugʻdoy yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish;
  • asosiy maydonlarda ekiladigan sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
  • ichki bozorda don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash uchun zarur bugʻdoyni bozor narхlarida хarid qilish va birja savdolariga qoʻyish;
  • fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori samarali qishloq хoʻjaligi teхnikasini yetkazib berishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va boshqalar.

 

Shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hamda ularni sarflash yoʻnalishlari belgilandi.

 

Jamgʻarmaning barcha hisobvaraqlariga, shu jumladan Jamgʻarma aylanma mablagʻlari hisobidan operatsiyalar oʻtkaziladigan tegishli bank hisobvaraqlariga nisbatan cheklov choralari qoʻllanilmaydi. Jamgʻarma mablagʻlari belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, ular inkasso topshiriqnomasi bilan undirilishi belgilandi.

 

Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

 

Jamgʻarma kengashi tarkibi tasdiqlandi hamda uning vazifalari belgilandi. Shuningdek Jamgʻarmani boshqarish departamentining tuzilmasi tasdiqlandi. Departamentga, istisno tariqasida, Jamgʻarma mablagʻlarini elektron auksion oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tijorat banklarida depozitga joylashtirish huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.