Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash uchun – $100 mln

04.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2.11.2021 yildagi «Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini  moliyalashtirishning uzluksizligini ta’minlash toʻgʻrisida»gi PQ-5272-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq Moliya vazirligiga Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi uchun 100 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar ajratiladi. Ushbu mablagʻlar qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish uchun milliy valyutada 5 yil muddatga foizsiz beriladi.

 

Shuningdek hujjat bilan Prezidentning 27.03.2021 yildagi PQ-5041-son hamda 26.05.2021 yildagi PQ-5125-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Prezidentning 27.03.2021 yildagi PQ-5041-son qarorining 5-bandida Moliya vazirligiga mazkur qarorning 4-bandiga asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln soʻm kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida respublika byudjeti hisobidan 2026 yilda qoplanishini ta’minlash topshirildi. Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qoplanmagan mablagʻlar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi foydasiga qayta rasmiylashtiriladi.

 

Prezidentning 26.05.2021 yildagi PQ-5125-son qarorining 2-bandida ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq Moliya vazirligiga foizsiz ajratiladigan pul mablagʻlarini qaytarish muddati 2026 yilga qadar uzaytirildi. Shuningdek belgilanishicha, ajratilayotgan mablagʻlarni qaytarish respublika byudjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.