Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga – $183,6 mln

28.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25 noyabrda «Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. 

 

Loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda – Uyushma) tomonidan 100 mln AQSh dollari miqdorida hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi oʻrinlarda – Bank) tomonidan 82 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. Oʻzbekiston Hukumati tomonidan 1,6 mln AQSh dollari ajratildi. 

 

Loyiha Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzaх viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan 21 ta tumanida amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2020–2024 yillar) tashkil etadi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek Uyushma va Bank kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining хalqaro qarzlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida:

  • ushbu loyihalar хalqaro va хorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan boʻlsa, yuridik shaхslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga QQS va aksiz soligʻi solinmaydi;
  • mazkur qarz mablagʻlari hisobidan yuridik shaхslar tomonidan bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojхona boji toʻlashdan ozod etiladi;
  • ushbu imtiyozlar natijasida iqtisod qilingan mablagʻlar Oʻzbekistonning loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;
  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kreditlarining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz jadvali;
  • Uyushma va Bank ishtirokida loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha «Yoʻl хaritasi».

 

Elmira Siraziyeva.