Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloqdagi arzon uy-joylar: talabgorlarni komissiya tanlab oladi

21.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 9.02.2018 yildagi 103-son qarori bilan Ariza beruvchi – uy quruvchining 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

 

Hujjatning oldingi tahriri oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Agar ilgari arzon uy-joylar dasturida ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tavsiyasi talab qilingan boʻlsa, endi ishtirokchilarni tegishli tuman hokimligi huzuridagi talabgorlarni tanlash boʻyicha doimiy ishlaydigan komissiya belgilaydi.

 

Komissiya 9 ta a’zoni oʻz ichiga oladi va tuman darajasidagi quyidagi rahbarlardan iborat boʻladi:

  • hokim;
  • hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
  • «Mahalla» fondi boʻlimi rahbari;
  • yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi;
  • tibbiyot birlashmasi boshligʻi;
  • tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;
  • Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi;
  • tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi vakili.

 

Umuman olganda umumiy tartibga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilmadi. Eslatib oʻtamiz, uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan va muayyan ijtimoiy mezonlarga javob beradigan oilalar arzon uy-joylar dasturida ishtirok etish uchun talabgorlik qilishlari mumkin.

 

Shu bilan birga tavsiya olish sharti sifatida oilaning kam ta’minlanganligi – roʻyхatda yoʻq. Oila daromadi, ilgarigidek, oilaning uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojini oʻrganish chogʻida hisobga olinadi. Biroq endi «daromadi yuqori boʻlmagan oila» – bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga EKIHning 3 baravari miqdorigacha (ya’ni 516 720 soʻmdan kam) toʻgʻri kelishi belgilovchi omilga aylanadi.  

 

Kredit olishga talabgorlar navbati Komissiya ballariga bogʻliq boʻladi

 

Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha Komissiyaga anketa-arizani va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlar roʻyхati Nizomga ilovada koʻrsatilgan.

 

Arizani koʻrib chiqish uchun Komissiya oilaning uy-joy sharoitlarini oʻrganadi va hisobga olinadigan barcha omillar boʻyicha ball (0 dan 10 gacha) qoʻyish yoʻli bilan dasturda ishtirok etish uchun ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi. Koʻrib chiqilayotgan mezonlarning har biri boʻyicha ballar soni qayd etilgan batafsil jadval Nizomda berilgan.

 

Umumiy ball Komissiyaning yozma tavsiyasida koʻrsatiladi va talabgorning ipoteka krediti olishi toʻgʻrisidagi buyurtmanomasini koʻrib chiqishning birinchi navbatdagi huquqi va navbat tartibiga ta’sir koʻrsatadi. Eng yuqori ball olgan talabgorning arizasi kreditga layoqati baholanayotganda birinchi darajali navbatga ega boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 19.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Lenara Xikmatova.