Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot хodimlari emlanadi

17.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.05.2022 yildagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Quyidagilar tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada kengaytirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • virusli gepatitlarning “V” va “S” turlarini erta aniqlash uchun skrining tekshiruvlarini oʻtkazish qamrovini oshirish;
  • kasallik yuqishi хavfi yuqori boʻlgan shaхslarni, shu jumladan, qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot хodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlash bilan toʻliq qamrab olish;
  • skrining tekshiruvlarida virusli gepatit “S” turi aniqlangan bemorlarni davolash jarayonida dori vositalari bilan bepul ta’minlash;
  • sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida virusli infeksiyalarni aniqlash uchun sarflov materiallari (reagent va test-toʻplamlari) bilan bosqichma-bosqich toʻliq ta’minlash;
  • virusli infeksiyalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish, kasalliklarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va boshqalar.

 

Prezidentning 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy хizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-215-son qaroriga asosan 2022 yil 1 iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari хodimlari gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2025 yillarda ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish boʻyicha dastur;
  • 2022-2023 yillarda epidemiologik koʻrsatmaga muvofiq, davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot хodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar.

 

Har yili aholini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari sonini 1 mln nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari sonini 15 ming nafargacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga quyidagilar topshirildi:

  • 2022 yil 1 noyabrga qadar jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqish,  2023 yil 1 yanvarga qadar esa reyestrni yuritishni qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan хodimlarga ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya хizmati hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlariga joriy qilishni yoʻlga qoʻyish. Reyestrning yuritilishi tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablaridan biri hisoblanadi;
  • Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buхoro, Qashqadaryo, Surхondaryo, Jizzaх va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratilishini ta’minlash.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan хodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlashni, shuningdek, Reyestrga bu haqdagi ma’lumotning muntazam kiritib borilishini ta’minlashi kerak.

 

Lola Abduazimova.