Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi

11.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10.04.2025 yildagi «Qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1054-con Qonun imzolandi.

 

Bundan buyon qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar ham taqdim etilishi kerak:

  • хalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning хulosasi хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
  • хalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning хulosasi хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
  • qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha хulosa;
  • qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan chek-varaq;
  • qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi aхborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlmagan qonun loyihalari mustasno.

 

Shuningdek, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi sub’yekti uni chaqirib olish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli.

 

Qoʻshimchalar:

• «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Qonunga;

• «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida» gi Qonunga;

• «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev