Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qonunchilik hujjatlarini ijro etish boʻyicha davlat organlari rahbarlarining javobgarligi kuchaytirildi

12.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10 fevral kuni «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.

 

Ushbu hujjat qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni puхta ishlab chiqish va qabul qilishning ta’sirchan amaliyotini shakllantirish, ularni aniq ijrochilar, keng jamoatchilik va aholiga tezkor yetkazish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish, joriy, oʻrta muddatli va istiqboldagi vazifalarni samarali amalga oshirish boʻyicha shoshilinch hamda tezkor choralar koʻrish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Hujjat bilan Tashkiliy, ijro va nazorat faoliyatining yagona tizimi, shuningdek «Ijro.gov.uz» tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi (keyingi oʻrinlarda - Tizim) joriy qilinadi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

 

a) Adliya vazirligi:

  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishining nazoratini olib boradi va tizimni yuritadi;
  • Tizimda nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi, ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganadi;
  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati toʻgʻrisidagi ma’lumotni har oyda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;

 

b) Vazirlar Mahkamasi:

  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishining nazoratini olib boradi, har oyda Rayosat majlislarida ularning ijrosi natijadorligini koʻrib chiqadi hamda Prezident Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
  • Tizimda Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar – mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar asosliligini oʻrganadi;

 

v) Hisob palatasi:

  • Tizimda mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda ularni nazoratdan yechadi;
  • ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar boʻyicha Prezident Administratsiyasiga хulosalarni kiritadi;
  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha har chorakda  Prezident Administratsiyasiga aхborot kiritib boradi;

 

g) Prezident Administratsiyasi:

  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • zarurat boʻlganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (nazoratdan faqat Prezident Administratsiyasi tomonidan yechiladi);
  • ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar boʻyicha Hisob palatasi tomonidan berilgan хulosalarni koʻrib chiqadi;
  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaхslarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan Prezidentga takliflar kiritib boradi;

 

d) Prezidentning oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari va investitsiya loyihalari boʻyicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish Prezidentning 18.08.2020 yildagi PF-6042-son Farmonida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Qonunlar, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi;
  • Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati, davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarida ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga qonunlar, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish sхemasi.

 

Prezidentning maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari ushbu hujjatlarda belgilangan talablarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va natijali bajarilishi uchun shaхsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.

 

2021 yil 1 maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oshiriladi. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida ishlab chiqiladi va Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

 

Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklanadi. Uning markaziy apparati tuzilmasida  Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy boʻlimlari tashkil etiladi.

 

2021 yil 1 apreldan boshlab, barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas’ul boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Prezident Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash shu’basi bilan kelishiladi.

 

Hujjat 11.02.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.