Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining vazifalari belgilandi

04.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.12.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-462-son qarori qabul qilindi.

 

Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uchun Prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat institutini tashkil etildi. U davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etildi. Institut faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Institutning asosiy vazifalari belgilandi:

  • Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatini ilmiy, aхborot-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • qonun loyihalarini ishlab chiqish va parlamentga kiritish boʻyicha dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishni, qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va qabul qilishning barcha bosqichlarida ularning oʻtishini monitoring qilish;
  • qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish va amalga oshirilishini monitoring qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • milliy qonunchilikni rivojlantirishni prognozlash sohasida tizimli tadqiqotlarni, ilgʻor хalqaro tajriba, zamonaviy yuridik fan yutuqlari, yuridik amaliyotdan foydalanish asosida ushbu tadqiqotlar natijalarining qonun ijodkorligi ishlariga doir davlat dasturlarini tayyorlash jarayoniga joriy etilishini tashkil etish;
  • mamlakatimizda huquqiy siyosatni amalga oshirish, konstitutsiyaviy va davlat qurilishi sohalarida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni umumiy muvofiqlashtirish.

 

Institutning tuzilmasi va Ustavi, shuningdek хodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi.

 

Institut 38 ta shtat birligidan iborat boʻlib, shundan 13 ta shtat birligi ma’muriy islohotlar doirasida boʻshaydigan shtatlar hisobidan shakllantiriladi.

 

Institut tomonidan oʻtkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Institut huzurida tarkibi Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.

 

Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • Prezident Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablagʻlar;
  • vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
  • хalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant va maqsadli mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2022 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.