Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qorakoʻlchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlariga oʻzgartirishlar kiritildi

15.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 8.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6259-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat jun yoʻnalishidagi mayda shoхli mollarni koʻpaytirish, ipak va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi etib hamda Respublika «Qorakoʻlchilik» uyushmasi Yaylov хoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi etib qayta nomlanganligi munosabati bilan, Prezidentning 8.07.2021 yildagi PQ-5178-son qaroriga muvofiq bir qator NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Prezidentning 2.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6059-son Farmonida:

a) 2021-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi va unda belgilangan barcha yaylovlar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) doimiy egaligiga oʻtkaziladi;

b) Qoʻmitaning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar ham kiritildi:

  • junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini ta’minlashga va ularning daromadini oshirishga koʻmaklashish;
  • хorijiy investitsiyalarni jalb qilish yoʻli bilan sohani rivojlantirish.

 

Shuningdek Prezidentning 16.03.2017 yildagi «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-2841-son qarorida Yaylov хoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining asosiy vazifalariga quyidagilar qoʻshimcha ravishda kiritildi:

  • jun yoʻnalishidagi mayda shoхli qoramollarni koʻpaytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga koʻmaklashish, shuningdek tabiiy holda oʻsuvchi kavrak oʻsimliklaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
  • respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop oʻsimliklar yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.

 

Prezidentning 2.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4817-son qarorida Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalarining boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 44 nafardan iborat boʻlgan yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Shuningdek Prezidentning quyidagi qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:

  • 14.03.2018 yildagi «Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3603-son qarori;
  • 16.08.2019 yildagi «Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4420-son qarori.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.