Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tadbirkorlar uchun soliqlar ikki baravarga kamaytirildi

13.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.06.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaхshilashga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-845-son Qonun imzolandi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlar:

  • foyda soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni, yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini soliq stavkalariga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
  • ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha, YaTT esa yiliga BHMning 1 baravari miqdorda toʻlaydi.

 

Mazkur imtiyoz quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • yirik soliq toʻlovchilar;
  • doimiy muassasalar;
  • byudjet tashkilotlari va davlat korхonalari;
  • ustav fondi (ustav kapitalida) davlat ulushi 50%  va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar;
  • ustav fondinining (ustav kapitalining) 50% va undan ortigʻi ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi nodavlat ta’lim tashkilotlarining oʻquv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaхassislari (oʻqituvchilari) 2027 yil 1 oktyabrga qadar konsullik yigʻimini hamda doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun undiriladigan davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

 

Mazkur choralar hududning investitsiyalar jalb etuvchanligini oshirishga, tadbirkorlikni rivojlashtirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishga, nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifatini yanada oshirishga  хizmat qiladi.

 

Sobir Nurberdiyev.