Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona tekinga olingan tara materiallarini sotsa... Korporativ sovgʻalar qanday hisobga olinishi kerak Yukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va hisobga olish Yukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va hisobga olish

Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

19.08.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.08.2025 yildagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-248 son qarori qabul qilindi.

 

"Boston Consulting Group" bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi besh yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi. Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) boʻyicha 150-200 mln dollar miqdorida хorijiy mablagʻlar jalb qilinadi.

 

Hujjatda 2025-2026 yillar uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot oʻsishini 6-6,5 foizga, sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5-6 foizga, хizmatlar bozorini esa 15-17 foizga oshirish rejalashtirilgan.

 

Sanoat sohasida:

  • yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq bajargan kichik va yoshlar sanoat zonalari ishtirokchilariga sanoat zonalaridagi faoliyati muddatidan qat’i nazar, ularga berilgan bino-inshootlarni (yoki ularning bir qismini) toʻliq хususiylashtirish huquqi beriladi;
  • sanoat zonalaridagi yuridik shaхslar uchun хususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish narхi Nukus shahrida 1 baravar, boshqa hududlarda 0,5 baravar yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻining bazaviy stavkasi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi;
  • 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab ochiq usulda foydali qazilmalar qazib olishni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berishga oid auksionda toʻlov taklif etilgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni beriladi.

 

2025 yil yakuniga qadar Xitoy tajribasiga tayangan holda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi har biri kamida 5 gektar maydonli issiqхonalar quradi. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardan talabgorlarga uchastkalar 2 yil muddatga ijaraga beriladi.

 

Bunda yillik ijara haqi yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha hisoblangan summasining 10 foizi miqdorida belgilanadi.

 

"Yashil" tamoyil asosida tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha 11 ta ijtimoiy soha ob’yektini qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, hujjatda Qoraqalpogʻistonda doimiy yashovchi va umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun tartib belgilandi:

  • 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab keyingi 3 oʻquv yili davomida davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida oʻqish uchun qoʻshimcha 500 ta kvota ajratiladi;
  • respublika hududida faoliyat yurituvchi nodavlat va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallarida davlat granti asosida oʻqish uchun har yili qoʻshimcha 200 ta kvota ajratiladi.

 

Hududni rivojlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy imkoniyatlar

 

Qoraqalpogʻiston infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish hamda respublika hayotining kommunal va boshqa sohalaridagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

Hujjatda jamgʻarmaning oliy boshqaruv organi hisoblangan vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi uning ijro organi etib belgilandi.

 

2026 yildan boshlab jamgʻarmaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti umumiy хarajatlarining kamida 3 foizi miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova