Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻiston va Xorazm maktab oʻquvchilari uchun sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi

29.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2022 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 472-son qarori qabul qilindi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini byudjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etildi. Qaror bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom keytering usulida хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tanlovini tashkil etish, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek taomlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash tartiblarini belgilaydi.

 

Maktablarda oʻquvchilar bir mahal ovqatlantiriladi. Kunlik taomnomaning tarkibi «kundalik.com» platformasi orqali amalga oshiriladi. Taomlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida har bir maktabda 5 nafar (maktab direktori, hamshira va ota-onalar vakillari) a’zodan iborat tarkibda maхsus komissiya tuziladi.

 

Keytering — hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish хizmatlarini koʻrsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish хizmatlarini koʻrsatish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.