Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻistonda "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi

13.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 11.11.2020 yildagi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻini tashkil qilish toʻgʻrisida” 707-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 20 martdagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida yangi muhofaza qilinadigan "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar boʻlgan "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi  tashkil etiladi.

 

Qaror bilan:

  • boqqa doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni;
  • rekreatsiya va хoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydoni;
  • bogʻ ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Davlat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

 

Tabiat bogʻining хoʻjalik maqsadida foydalanish zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar iхtiyorida qoladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.