Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi

14.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.07.2021 yildagi «Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 430-son qarori qabul qilindi.

 

Mazkur hujjat bilan Prezidentning 3.10.2019 yildagi «Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5841-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tashkiliy qoʻmita tarkibi;
  • 2022 yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha «yoʻl хaritasi».

 

Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida joylarda «Men Qoʻqonga boraman» shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi koʻrgazma va koʻrik-tanlov tashkil etiladi:

  • I bosqich – tumanlar (shaharlar) boʻyicha 2022 yilning aprel oyida;
  • II bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha 2022 yilning iyun oyida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.