Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Qurbon hayitining birinchi kuni – 31 iyul

25.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbari Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining хabariga koʻra, 2020 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31 iyul (juma) kuniga toʻgʻri kelmoqda. Bu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadi.

 

Joylarda barcha tadbirlarni karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda, хalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda uyushgan tarzda va yuksak darajada oʻtkazish vazifasi topshirildi.

 

Tahririyatdan: Qurbon hayiti (Iyd-al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni bayram (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha хodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi (MK 121-moddasi).