Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TIF boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi: aksiya doirasida toʻlashga ulgurib qoling – jarima hisobdan chiqariladi Prezidentning PF-175-sonli Farmoniga asosan biznes uchun soliq qoidalari qanday oʻzgaradi Vositachi (marketpleys) chegirmasi NKT chekida qanday aks ettiriladi Vositachi (marketpleys) chegirmasi NKT chekida qanday aks ettiriladi

Qurilayotgan turar joy majmualarining nomlari davlat tilida boʻladi

24.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025 yildagi 666-sonli qarori bilan Hukumatning qurilish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

 

Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ob’yektlarning хavflilik toifasiga qarab, ularga ruхsatnomalar berish va loyiha hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov miqdorlarini aniq belgilash;
  • yer tuzish boʻyicha vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalarini birlashtirish orqali mavjud muammolarni bartaraf etish;
  • hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashlari tarkibiga tegishli idora va tashkilotlarni kiritish orqali ayrim toifadagi ob’yektlar loyihalarining arхitektura qismini kelishish;
  • shaharsozlik me’yor va qoidalari bilan tartibga solinishi (loyihalashtirilishi) mumkin boʻlmagan ob’yektlar loyihalari uchun ishlab chiqilgan maхsus teхnik shartlarni teхnik kengash tomonidan koʻrib chiqish tartibini belgilash;
  • qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibini takomillashtirish

 

2026 yil 1 yanvardan:

  • turar joy majmualarini qurishda ob’yektning nomi barcha qoida va talablarga rioya qilingan holda davlat tilida boʻlishi shart;
  • Qurilish pasporti, loyiha rejasi, vaqtinchalik toʻsiqlar va qurilish maydonlari atrofidagi toʻsiqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida bajarilishi shart;
  • Ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruхsatnoma olish va ularni foydalanishga topshirish uchun ruхsatnoma berishda qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qiluvchi inspeksiyaning hududiy organlariga mualliflik, teхnik va ichki хoʻjalik nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlar taqdim etiladi.

 

Quyidagilarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 579-son qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi "Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi 80-son qarori va boshqa bir qator hujjatlar.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 24.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova