Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilish chogʻida tuproq unumdorligi muhofaza qilinadi

08.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida” OʻRQ-903-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

 

Quyidagilarni:

  • shaharsozlik faoliyatini;
  • geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni;
  • qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida –

tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida sidirib olingan tuproq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqiladi.

 

Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlangan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni mahalliy byudjetga qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.05.2024 yildan kuchga kiradi.  

 

Sobir Nurberdiyev