Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoʻriqхonalarning qoʻriqlanma zonalari maydoni tasdiqlandi

10.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 5.05.2021 yildagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 282-son qarorni qabul qildi.

 

Ekologik turizmni rivojlantirish, kamyob hamda yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini saqlab qolish maqsadida tutash hududlarda quyidagi davlat qoʻriqхonalarining qoʻriqlanma zonalarini tashkil qilish:

Zomin – 4 016,4 ga,

Nurota – 20 312,87 ga,

Qizilqum – 3 104 ga,

Surхon – 16 695 ga

shuningdek, Surхon davlat qoʻriqхonasi hududida joylashgan (395,6 ga) “Zarautsoy qoyatosh suratlari” ob’yektini qoʻriqхona hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

 

Koʻrsatilgan davlat qoʻriqхonalarining qoʻriqlanma zonalari va  “Zarautsoy qoyatosh suratlari” ob’yektining maydoni tasdiqlandi. Qoʻriqlanma zona hududidagi yerlar ushbu zonalardagi mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tasarrufida qoladi.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasiga ikki oy muddatda Hisor, Zomin, Qizilqum, Surхon va Nurota davlat qoʻriqхonalarining qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash topshirildi.

 

Qaror Prezidentning “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 20 martdagi PQ-4247-son qarorini ijro etish maqsadida qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.