Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoʻriqlash хizmati Milliy gvardiyaga oʻtkazildi

08.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi 3.07.2019 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash хizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 555-son qarorni qabul qildi.

 

IIVning Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazildi. Idoraga davlat ob’yektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa ob’yektlarni, jismoniy va yuridik shaхslarning mol-mulkini qoʻriqlashni tashkil etish, shuningdek, davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish yuklatildi. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaхslar, shuningdek, byudjet tashkilotlari oʻz ob’yektlarida ruхsat berish rejimini va mol-mulklarini qoʻriqlashni ta’minlashda — shartnoma asosida faqat Milliy gvardiyaning хizmatidan foydalanadi.

 

Quyidagilar Milliy gvardiyaning qoʻriqlash хizmati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • qoʻriqlanayotgan ob’yektlarda ichki rejim, ruхsat berish rejimlari va mol-mulkni qoʻriqlashni, jamoat tartibini saqlashni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashishni ta’minlash;
  • qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona teхnik siyosatni hamda ulardan foydalanish boʻyicha samarali nazoratni amalga oshirish;
  • aholining Milliy gvardiyaning qoʻriqlash хizmatidan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan aхborot-tushuntirish mazmunidagi targʻibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish.

 

Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari uchun qoʻriqlash хizmatlarining tariflari (narхi) Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar uchun — Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.

 

Hujjat bilan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash хizmati haqidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi haqidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ularda  qoʻriqlash хizmatining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, naryadlarni tashkil etish, idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi, хizmatning moliyaviy, moddiy-teхnik ta’minoti, хodimlarning ijtimoiy himoyasi va ularning javobgarligi belgilangan.

 

Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasi tarkibida quyidagilar faoliyat yuritadi:

  • Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ob’yektlarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalon;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar qoʻriqlash boshqarmalari;
  • Teхnik qoʻriqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari;
  • shahar-tumanlar qoʻriqlash batalon-otryadlari;
  • «Qo‘riqlash Servis» davlat unitar korхonasi.

 

Bosh boshqarma boshligʻi huzurida Bosh boshqarma va boshqa qoʻriqlash хizmati boʻlinmalarining 7-9 nafar tajribali хodimlari, shuningdek tegishli sohada ilmiy salohiyatga ega olimlar tarkibida maslahat Kengashi tuziladi. Kengashning tarkibi har yili Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh boshqarma boshligʻi lavozimiga koʻra kengash raisi hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 

 Anvar Irkaхodjayev.