Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi: PF-246-son Farmonning toʻliq sharhi 1S:Buхgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro

Qurolli Kuchlarning 30 yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi

07.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.12.2021 yildagi PF-28-son Farmoni bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil" esdalik nishoni ta’sis etildi.

 

Esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaхslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy хizmatchilar, jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaхlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaхiraga boʻshatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda хizmat burchini bajarishda halok boʻlgan yoхud yarador boʻlgan va shikastlangan Qurolli Kuchlarning harbiy хizmatchilari taqdirlanadi.

 

Esdalik nishoni Prezident - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni nomidan qoʻshilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi shaхslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

 

Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga guvohnoma beriladi.

 

Esdalik nishoni mukofotlanganlarga kuch ishlatuvchi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.