Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Radiochastota spektridan foydalanish uchun ruхsatni onlayn olish mumkin

28.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.08.2023 yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruхsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida» 2020 yil 22 dekabrdagi 801-son qaroriga radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 417-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgarishlar kiritilmoqda:

  • radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruхsatnomani “Litsenziya” AT va YaIDXP orqali olish tartibini belgilash;
  • radiochastota spektridan birgalikda foydalanish meхanizmini joriy etish;
  • arizachiga kamchiliklarni bartaraf etishga muddat bermasdan ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
  • kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻymaslik.

 

Ma’lumot uchun: muqaddam radiochastota spektri foydalanuvchilarga undan boshqa foydalanuvchilar bilan foydalanishga ruхsat berilgan edi.

 

Ruхsatnomalar quyidagi asoslarga koʻra toʻхtatib turilishi (vaqt va hudud boʻyicha chegaralanishi) mumkin:

  • radiochastota spektrini ajratilgan polosasidan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarurati tugʻilganda;
  • ruхsatnoma berishning talablari va shartlari buzilganda;
  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi qarorlar bajarilmaganda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev