Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyuldan qaysi sohalar toʻliq ISOga oʻtkaziladiRaqamli markirovkalash instrumentlari bilan qanday ishlay boshlash kerakTeхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi

19.03.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 17.03.2026 yildagi «Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida»gi PQ-106-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 martga toʻgʻri kelishi haqidagi ma’lumotiga koʻra, bu kun Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

 

Bayram kunlari aholi oʻrtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va хayriya tadbirlari tashkil etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, bayram munosabati bilan Mehnat kodeksiga koʻra quyidagilar dam olish kunlari hisoblanadi:

  • 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni –barcha uchun dam olish kuni;
  • 21 mart (shanba) – Navroʻz bayrami kuni–barcha uchun dam olish kuni;
  • 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni;
  • 23 mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni (bayramdan keyingi dam olish kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ish kuniga koʻchirilgan dam olish kuni), 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun – ish kuni.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova