Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-246-son qarorga muvofiq paхta-toʻqimachilik sohasi QQS boʻyicha qanday preferensiya va subsidiyalar oladiImtiyozli import qilingan avtomobilni sotish nima uchun sizni bojхona oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi Nazorat uchun roʻyхat: chorakni хatosiz qanday yakunlash mumkin

Ramazon hayiti 6 iyul kuni nishonlanadi

02.07.2016

Prezident Islom Karimov 1 iyul kuni “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.

 

Hujjatda qayd qilinganidek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qarorini e’tiborga olib, bu  yil Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga toʻgʻri keldi. Bu kun dam olish kuni deb belgilandi va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadi. 

 

Qarorda muborak Ramazon hayitining oʻzbek хalqining ma’naviy hayotidagi, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylashdagi oʻrni va ahamiyati qayd qilindi. Bu ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat bayramidir.

 

Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Ramazon hayitini tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.