Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ramazon hayiti arafasida 575 nafar mahkum afv etildi

04.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

 

Hujjatga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan 575 nafar fuqaro afv etildi.

 

Afv etilgan shaхslarning 361 nafari jazodan toʻliq ozod qilinib, oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytariladi. 214 nafar shaхsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi. Shuningdek, afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaхslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

 

Afv etilganlarga ijtimoiy moslashuv, ularni foydali mehnatga va sogʻlom turmush tarziga jalb qilishda yordam beriladi.